Muddatli to‘lovga maishiy texnika
Assalomu alaykum! Men muddatli to‘lovga foizsiz maishiy texnika beradigan do‘konda ishlayman. Ishxonamizga bank aralashmaydi, lekin bizdan biror buyumni muddatli to‘lovga olgan inson to‘lashi kerak bo‘lgan kundan o‘tib ketsa 1% ustamasi bor. Bu pul ishxonamning xisobiga tushadi. Men shu ishdan oladigan oyligim harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kunidan o‘tib ketsa foiz to‘laysiz degan shart qo‘yilgan savdo fosid savdo hisoblanadi. Agar muddatidan o‘tib ketsa biror hayriya jamg‘armasiga sadaqa qilishni kelishilsa va do‘koningizga hayriya jamg‘armasini ochib qo‘yib, ustama peniyasini o‘shalarga o‘tkazib, keyinchalik ham o‘z egalariga etkazib turilsa hozirgi kun ulamolari molikiy mazhabiga binoan joiz deb fatvo berishmoqda. Sizni ham oladigan oyligingiz shak-shubhasiz halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat