Kundoshning qarg‘ishi

Assalomu alaykum! Bir dugonam kundoshining qarg‘ishidan tushkun xolatga tushganligini aytib so‘rab berishimni iltimos qildi. 2 ta farzandli beva dugonamning turmush o‘rtog‘i 1-xotiniga bildirmasdan nikox o‘qitib turmush qurishgan. O‘z oilasini tashlab qo‘ymagan, aksincha xar kuni o‘z oilasi davrasida. Oilasi tinchligi uchun 2-turmushini sir saqlagan. Tabiiyki kundoshi nikoxdan xabari yo‘qligi uchun erining begona ayol bilan munosabati borligini sezib qolib dugonamni telefonda qattiq so‘zlar bilan xaqorat qilgan va qarg‘agan. Kimnidir tinchini buzish niyati aslo bo‘lmagan va taqdirida yozilgan. 2-turmushi orqasidan o‘zining va farzandlarining sha’niga qarg‘ish eshitayotganidan qayg‘uda. Dugonamning turmush o‘rtog‘i nikoxi borligi xaqida og‘iz ochishni ma’n qilgan. Noma’qul so‘zlarni eshitmaslik uchun farzandlarini kelajagiga bu so‘zlar salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun va 1-oilani tinchligi uchun va bu nikoxni asrab qolish uchun qanday yo‘l tutish to‘g‘ri bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nohaq qarg‘ish o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar