Ovqatni boshini olib qo‘yish

Assalomu alaykum! Ovqat pishgandan keyin boshini uyni kattasiga olib qo‘yish kerak degan gap bor. Shunday qilish shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shart degani emas, lekin shunday qilish afzal. Xuzayfa roziyallohu anhu “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga taomlanganimizda u zot boshlab bermagunlaricha biz boshlamas edik” degan. Ushbu hadisdan “fuqaholar kattalar boshlab berishi sunnat” degan hukmni olganlar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:46 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar