Buyurtma kilib uni olmaslik
Assalomu alaykum!Assalomu aleykum hurmatli ustozlar. Avvalam bor Ruzai ramazon oyi muborak bulsin. Mening savolim quyidagicha. Men chet eldan buyurtma orqali odamlarga ular hohlagan narsalarni olib kelib beraman. Asosan AQShdan. Gohida uzimizning muslima ayollarimiz uz farzandlariga zarur bulgan narsalarni buyurtma qilishadi, yoki uzligag kerak bulagan mayda chuyda narsalar. Lekin aksariyat hollarda ular hattoki sababini aytmasdan buyurtirgan narsasini olib ketishmaydi. Men ahir bu narsalarga yonimdan pul tulab opkeltiraman. Keyin u narsalar uyda yotadi keraksiz bulib, bir hil paytda sotilib ketadi, bir hil paytda esa ubu kimlaga hadya qilib yuboraman. Hullas ushnaqa ayollarning bittasi buyurtma qilib, u narsani opkeltirilgandan keyin sotib olmadi va sizning narsangiz uzingizda qoldi , men sizning bir tiyinizga hiyonatam qilganim yuq, aldaganim ham yuq deb turib oldi. Men esa ohiratga omonat dedimda indamadim. (ammo u narsa ketsa yoki zarariga ketadi , yoki umuman ketmaydi). Savolim buyurtma berib uni olmaslik yolg‘onga kiradimi? Birovning haqqiga hiyonatgachi? Bunday paytlarda hisobini ohiratda olaman sizdan deb aytishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olishga va’dalashib, keyin olmayman deyish va’dasiga xilof hisoblanadi va bu shariatda qattiq qoralangandir. Molning buyurtma qilganingizda uning qiymatidan oldindan ma’lum bir to‘lov tariqasida ozroq pulini olishingiz mumkin. Kelganidan keyin olgan pulingizni chiqarib yuborib qolganini olishingizga shariat ruxsat beradi. Qolaversa garovga narsa olib qolishingiz ham mumkin. Yaxshisi siz o‘zingiz oladigan joyga yoqsa olaman yoqmasa qaytaraman degan shart bilan oling. Mabodo siz aytgan mijozga yoqmasa yo‘lkirasini to‘latib qaytarib yuboravering. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat