qovun-tarvuzlarni etishtirilishi bo‘yicha
Assalomu alaykum ustoz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Meni savol biroz g‘alati tuyulishi mumkin. Javobni saytdan izlab topishga harakat qilib ko‘rdim lekin topolmadim. Agar javobi bo‘lsa uzr so‘rayman. Savolim shunday. Bu dehqonlar o‘rtasida ham iste’molchilar o‘rtasida ham biroz bahsga sabab bo‘ldi. Gap shundaki qovun-tarvuzlarni etishtirishda sun’iy ug‘itlar etishmayotgani uchun chorvaning sharbatlaridan foydalanishardi. Ma’lum bo‘lishicha hozirgi kunda ko‘plab yirik poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga shu jumladan tarvuz-qovunlarga ham suv berishda shahardagi kanlizatsiyadan olingan najaslarni qo‘shib berish hollari ham uchramoqda ekan. Bu holatni shariatimizdagi hukmi qanday, mahsulotni iste’mol qilish-qilmaslik masalasi qanday? Shuningdek, chorvaning najasidan foydalanish masalasi qanday? Savolim nojo‘yaroq shuning uchun uzr so‘rayman. Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Chorvaning go‘ngidan ekinga solish oddiy holat va joiz narsa. Odamniki katta najosat. Shuning uchun bir oz mulohazasi bor, xolos. Er chiqindilarni tozalab ekinga o‘tkazadi.
4 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar