Yomon xayollar kelganda nima qilish kerak
Assalomu alaykum! Mani oxirgi payit turli xayollar qiynamoqda. Masalan, o‘ylab qolaman Xudo mani tark etdimi, Allohni manga bo‘lgan mexri qolmadimi degan savollar va bundan buyog‘iga nima qilaman? Xudodan uzoqlashib ketaveramanmi degan savollar kabi savollar qiynamoqda. Shaytonning vasvasalaridan qanday qilib qutulishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo shuni yaxshi bilinki shayton o‘g‘ridir. U iymoni bor qalbga o‘g‘irlikka tushadi. Iymonsiz qalblarga u vasvasa ham qilib o‘tirmaydi. Vasvasa bo‘layotganiga shukur qilinki sizda iymon bor ekan. Shaytonning vasvasasi mo‘minni g‘amga solish uchun bo‘ladi. bunga aslo parvo qilmaslik kerak. Alloh taolo "Mujodala" surasida marhamat qiladi: إِنَّمَا النَّجْوَى مِنَ الشَّيْطَانِ لِيَحْزُنَ الَّذِينَ آمَنُوا وَلَيْسَ بِضَارِّهِمْ شَيْئًا إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ10. Albatta, vasvasalar shaytondan bo‘lib, iymonlilar mahzun bo‘lishlari uchundir va ularga hech zarar etkazmas, faqat Allohning izni mustasno. Mo‘minlar Allohgagina tavakkul qilsinlar.
Shayton shunday vasvasani boshlaganda Alloh taolo qutilish yo‘lini ham ta’limini berib, O‘zining kalomida قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ مَلِكِ النَّاسِ إِلَهِ النَّاسِ مِن شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ الَّذِي يُوَسْوِسُ فِي صُدُورِ النَّاسِ مِنَ الْجِنَّةِ وَ النَّاسِ 1. Ayt: «Odamlar Robbidan panoh so‘rayman...
2. Odamlar Podshohidan...
3. Odamlar Ilohidan.
4. Berkinib, ko‘rinib turuvchi vasvasachining...
5. Odamlarning ko‘kslariga vasvasa soladiganning...
6. Jinlar va odamlardan bo‘lganning yomonligidan (panoh so‘rayman)» degan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan "Naas" surasi).
Shuni qiling, albatta qutilasiz. Chunki Alloh O‘zi “Ayt beraman” deb turib bermasligi mumkin emas. Siz qalbingizda shak qilmang. Odatda ko‘chadan o‘tib ketayotsangiz birortasining iti sizga tashlansa itni tinchlantiraman deb urinishingiz besamar ketadi. Qanchalik uni tinchlataman demang u shunchalik jazavaga tushadi. To‘g‘ri yo‘li itni egasiga murojaat qilishingizdir. Xuddi shuningdek shayton ham Alloh taoloning itlaridan bir it. Xujum qilganda it bilan olishmasdan Allohning O‘ziga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 219 | Ruhiy tarbiya