Uxlaganda burun ichida shayton tunashi

Assalomu alaykum! Odam kechqurun uxlaganda burni ichida shayton tunashi aytilgan. Shuning uchun Paygambar alayxis-salom uyqudan turganda shaytonni izini ketkazish uchun burunni uch marta suv bilan yuvib-qoqishni tavsiya qilganlar. Shu xadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَيْقَظَ أَحَدُكُمْ مِنْ مَنَامِهِ فَلْيَسْتَنْثِرْ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ يَبِيتُ عَلَى خَيَاشِيمِهِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz uyqusidan uyg‘onsa, burnini uch marta chaysin, chunki shayton uning dimog‘ida tunaydi», dedilar». (Sahih Muslim). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar