Maxsi kiyish tartibi
Assalomu alaykum! Maxsini kiyishdan oldin taxorat olish kerakligi bilamiz, maxsiga xam maxs tortib kiyamizmi yo kiyib darrov masx tortamizmi yoki shunday kiyib olsa xam bo‘ladimi? Bir tanishim bilan ozgina tortishib qoldik. Menga o‘rgatishganda taxorat olib, maxsini kiyishdan oldin masx tortib keyin kiyiladi deyishgan. U bo‘lsa shundan kiyib olsang xam bo‘laveradi demokda. 2). Biz Moskvada ishlaymiz. Masjid kamligiga ko‘pincha ko‘chada o‘qishga to‘g‘ri kelmoqda. Masjidning imomi oyoq kiyimni echmay o‘qinglar, sog‘lik afzal demoqda. Menda maxsi bor, bollarda yo‘q. Men maxsida o‘qiganim sabab oyok kiyimni ko‘pincha echaman. Ko‘chada qor, yomg‘ir bo‘ladi. Bir ikki suv o‘tkanini bildim va oyoq kiyim echsam, ko‘chada echmaganlardan sal oldin turib qolaman. Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? 3). Namoz vaqtlari ko‘chada bo‘lganim uchun, duch kelgan joyda joynamozni o‘qib olaman. Shunda sovuq qattiq bo‘lsa ko‘chada men faqat farzni o‘qib, sunnatlarni tark qilaman. Bu ko‘pincha peshin vaqtida bo‘ladi. Bu ishim noto‘g‘ri emasmi? Uyda yoki issiqroq joyda o‘qishimga to‘g‘ri kelsa sunnatlarni ado etaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahorat qilib mahsini kiyib olinadi, bo‘ldi. Keyin tahorati ketsa o‘sha kiygan mahsining ustiga mash tortiladi. 2). Oyoq kiyim toza bo‘lsa echishga hojat yo‘q. Ba’zilar astari cho‘chqa terisidan bo‘lgan kiyimlarni kiyib qishloqlarda esa mol qo‘ylarni tezagini bosib namoz o‘qishaveradi. Shu holatda joiz emas. 3). Bo‘laveradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 296 | Turli savollar