Allohga iltijo

Assalamu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga bermoqchi bo‘lgan savolim Allohga iltijo qilish haqida. Yaqinda men Allohdan menga hidoyat berishini, o‘zimning ham benamozligimdan vijdonim qiynalib ketayotganini va ma’lum kunni aytib, shu kundan namozga kirmoqchiligimni va Allohdan menga turtki berishini so‘radim. Shundan so‘ng, namozga kirmoqchi bo‘lgan kunimdan bir kun avval, bir kunning o‘zida to‘rtta janoza xabari etib keldi. Shulardan uchtasi men yashayotgan qo‘chaning o‘zida bo‘lgan. Men o‘yladimki, Alloh menga bu bilan o‘lim haq ekanligini eslatib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Nahotki buning hammasi iltijoimga bog‘liq bo‘lsa, deb o‘yladim. Shayx hazratlari, bular umuman olganda mening iltijoimga bog‘liq bo‘lishi mumkinmi? Agar bog‘liq bo‘lsa, men ularning o‘limida sababchi bo‘lib qolmaymanmi? Axir men ularning o‘limini so‘ramagan bo‘lsam ham niyatni men qildimku... Alloh shohid shayx hazratlari, men bu savolni sizga ming titroq, qo‘rquv va istihola ila yozyapman. Iltimos, savolimga to‘liqroq javob bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hamma narsa Allohning irodasi bilan bo‘ladi. Namozni ixlos bilan o‘qing.

26 May 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar