Yasina ismi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, avvalam bor sizlarni bugungi bayram bilan tabriklayman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin, baxtimizga sog‘ omon bo‘linglar. Savolim shuki, biz hozir farzand kutyapmiz. Ayolim agar qiz tug‘ilsa ismini Yosina qo‘yaylik degandi. Shu ismni ma’nosini topa olmadim. Bu Yasin surasidan olinganmi yoki boshqa ma’nosi bormi? Shu ismni qo‘ysak bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa Yosinami, yoki Yasina? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu “Yasin” surasidan olingan. Ma’nosini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Boshqa ism qo‘yganingiz afzal. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 292 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar