Jinlardan saqlanish
Assalomu alaykum! Ustozlar shifo va jin shaytonlardan saqlanish maqsadida xar kuni eydigan taomiga muoazitayin suralarini o‘qib dam urib esa bo‘ladimi? Albatta Allohdan umid qilgan xolda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan saqlanish uchun nimalarni o‘qish kerakligini ta’limini berganlar. عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُعَلِّمُهُمْ مِنَ الْفَزَعِ كَلِمَاتٍ: أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ غَضَبِهِ وَشَرِّ عِبَادِهِ، وَمِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ، وَأَنْ يَحْضُرُونِ. وَكَانَ ابْنُ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ يُعَلِّمُهُنَّ مَنْ عَقَلَ مِنْ بَنِيهِ، وَمَنْ لَمْ يَعْقِلْ كَتَبَهُ فَأَعْلَقَهُ عَلَيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَأَحْمَدُ Amr ibn Shu’aybdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga qo‘rquvda o‘qiladigan kalimalarni o‘rgatar edilar:
«A’uzu bikalimaatillahit-taammati min g‘azabihi va sharri ibaadihi va min hamazaatish-shayatiyn. Va an yahzuruuni».
Ibn Umar bularni bolalaridan aqli kirganlariga o‘rgatar, aqli kirmaganlariga yozib, ilib qo‘yar edi».
Abu Dovud, Termiziy, Hokim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Allohning tugal kalimalari ila Uning g‘azabidan, bandalarining yomonligidan va shaytonlarning qalbga soladigan xatarlaridan va ularning menga hozir bo‘lishlaridan panoh so‘rayman».عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ قَالَ بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ، قَالَ: فَأَصَابَ أَبَانَ الفَالِجُ، فَجَعَلَ الرَّجُلُ الَّذِي سَمِعَ عَنْهُ الْحَدِيْثَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ، فَقَالَ لَهُ: مَا لَكَ تَنْظُرُ إِلَيَّ! فَوَاللهِ مَا كَذَبْتُ عَلَى عُثْمَانَ، وَلَا كَذَبَ عُثْمَانُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَلَكِنِ الْيَوْمُ الَّذِي أَصَابَنِي فِيْهِ مَا أَصَابَنِي غَضِبْتُ فَنَسِيْتُ أَنْ أَقُولَهَا. رَوَى هَذِهِ السِّتَّةَ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
Abonga falaj etdi. Undan yuqoridagi hadisni eshitgan kishi unga qaray boshladi. Shunda Abon unga:
«Nimaga menga (bunday) qarayapsan?! Allohga qasamki, men Usmonga yolg‘onni nisbat berganim yo‘q. Usmon ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yolg‘onni nisbat bergani yo‘q. Ammo menga musibat etgan kuni g‘azablanib, uni aytishni unutibman», dedi».
Ushbu hadislarni «Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifning roviysi va qahramoni Abon ibn Usmon roziyallohu anhu uchinchi xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning o‘g‘illaridir. U kishi otalari – buyuk sahobiy Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi» degan hadislarini eshitib, keyin o‘zlari odamlarga rivoyat qilib yurar ekanlar. Ittifoqo, bir kuni u kishi falaj xastaligiga chalinibdilar.
Bemor yotgan Abon ibn Usmon roziyallohu anhuni ko‘rgani odamlar kela boshlabdilar. Shunda u kishidan biz o‘rganayotgan ushbu hadisi sharifni rivoyat qilgan kishi ham kelib qolibdi. U kishi Abon ibn Usmon roziyallohu anhuga ajablanib qaray boshlabdi.
Uning qarashida «O‘zing shunday hadisi sharifni rivoyat qilib turib, qanday qilib bu baloga yo‘liqding? Hadisi sharifga o‘zing amal qilmasmiding?» degan savol bor edi. Buni sezgan Abon ibn Usmon roziyallohu anhu haligi odamga:

Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 165 | Ruhiy tarbiya