Megabayt o‘g‘irlash

Assalomu alaykum! Yaqinda bit narsani o‘ylab qoldim. Telefonda "tochka dostupa" degan narsa bor. U narsa telefonda internet yoqiq bo‘lsa va "tochka dostupa"ga parol o‘rnatmagan bo‘lsa boshqa bir inson o‘z telefonidan o‘sha odamning megabaytlarini ishlatishi mumkin. Manimcha bu ham o‘g‘rilikning bir turi. O‘zim ham oldin shunday qilardim agar paroli bo‘lmagan "set" topsam unga ulanardim. Bazida o‘xshar bazida o‘xshamsidi. Savolim shuki man buni qanday qaytarishim mumkin? Axir u odamni hatto ko‘rmagan bo‘lsam, agar uni nomidan sadaqa qilib yuborsam qarzdan qutilamanmi? Chunki u paytlarda bu o‘g‘rlikka kirib qolishi hayolimgayam kemasidi. Bu ishim Payg‘ambarimiz salolohu alayhi vasallamni hadislariga binoan mani jannatdan to‘sib qo‘yishidan qo‘rqaman. Manga yo‘l ko‘rsatinglar. Ishimdan afsusdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatda sizni jannatga kirishdan to‘sadigan ish bu. Egasini topasiz, rozi qilasiz. Topolmasangiz nomidan sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar