Er va xotin o‘rtasida qarz masalasi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim shuki men ayolimdan uning mulkidan bo‘lgan pulni qarz sifatida olgandim. Uni qaytarish muddati hamda miqdori qarz olayotgan vaqtimda kelishib olingan edi. Hozirda ushbu qarzimni qaytarish muddati keldi va ayolim menga bergan qarzni qaytarishimni so‘ramoqda. Hozirda menda uni qaytarish imkoni mavjud emas, biroq mazkur qarzimni qoplashi mumkin bo‘lgan foydalanayotgan mashinam mavjud. Shunday holatda mashinamni sotib qarzimni qaytarish majburiyati bo‘ladimi yoki er va xotin o‘rtasida mulkdan qarzni qaytarmasa ham bo‘ladimi? Ayolim mashinangizni sotib qarzni qaytaring demoqda. Er va ayol o‘rtasidagi moliyaviy qarz xuddi begona odamlar o‘rtasidagi kabi qaraladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Er va ayol o‘rtasidagi moliyaviy qarz xuddi begona odamlar o‘rtasidagi kabi qaraladi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush