To‘ydan oldin aybni aytish kerakmi

Assalomu alaykum! Men armiyada vaqtim buyrakimni shamollatib qo‘ydim va bu menda bepushtlikka olib kelishi mumkin.. Men xali uylanmaganman. Xozir davolanayapman, balki davolanib Xudo shifo bersa yaxshi bo‘lishim mumkin. Balki bupusht bo‘lib qolishim mumkin. Ertaroq uylansam bolali bo‘lish extimoli ko‘proq. Savolim shuki men xozir uylansam bu kasal xaqida qizga aytishim kerakmi(xozir bolali bo‘lishim mumkin)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizni qizingiz bo‘lib, birovga turmushga bersangiz nimani ravo ko‘rsangiz uylanadigan qizingizga ham shuni ravo ko‘ring. U ham birovning qizi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar