7 yil erim bilan ko‘rishmadik taloq tushgan bo‘ladimi

Assalamu alaykum! Men 7 yil oldin turmush qurib qaynanam erimi mendan qizg‘anib meni chiqishtirmay qo‘yganiga chiday olmay uydan chiqib ketib erim bilan ajrashgan edim,lekin erim menga hech qachon taloqsan demagan. Erim bilan 7 yildan beri yani ajrashganimdan beri ko‘rishmadik. Shunda men erim bilan shariy ajrashgan hisoblanamanmi javob uchun oldindan kattakon rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ajrashish vaqtidagi so‘zlarga qaraladi. Taloq yoki taloqqa dalolat qiluvchi yoki ajrashaman deganingizga roziman degan gapni aytgan bo‘lsa bu bilan taloq tushib qoladi. Birorta ahli ilmning huzuriga eringiz bilan birgalashib borib masalangizni hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar