Er va xotin ajrashishi
Assalomu alaykum! Dugonam sizlardan so‘rab berishimni iltimos qilgandi, u ajrashmoqchi, eri bepushtlik sabab. Eri “ajrashaman, lekin senga jovobingni bermayman taloq qo‘ymayman, boshqasiga erga tegolmaysan” deyapti. Savolim, ajrashishsa ham eri taloq bermasa ayol kishida erini haqqi bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima qilib bo‘lsa ham javobini olish shart. Er bunchalik xudbin bo‘lmasligi kerak, ayoliga rahm qilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida: عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الرَّاحِمُونَ يَرْحَمُهُمُ الرَّحْمَنُ، ارْحَمُوا أَهْلَ الْأَرْضِ يَرْحَمْكُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Rahm qiluvchilarni Rohman rahm qiladi. Er ahliga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qiladi», dedilar».
Sharh: Rohman sifati sohibi bo‘lgan Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lgan banda boshqalarga rahm qilsin. Osmonda bo‘lgan Zot – Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lgan banda er ahliga rahm qilsin. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:02 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush