Bu vasvasami yoki el

Assalomu alaykum! Meni hali voyaga etmagan 11 yoshar singlim bor. 5 vaqt namozni 9 yoshidan boshlab o‘qiyapti, Alhamdulillah. Singlim 3 oylar bo‘ldi bu xolga, namoz vaqti yaqinlashaverdiki tahorati bo‘lsa menga el chiqqanday bo‘ldi deydi, elni ovozi ham xidi ham yo‘q faqat o‘ziga sezilganday bo‘ladi. Shubhalanganligi uchun oyimlar tahorat ol xay deydilar. Bazi payt 3 yoki 4 marta tahorat olib kelaveradi, bir vaqt namozning o‘zida. Esi ham sezilarli darajada pasaygan, tahorat olgan payt qo‘lini yuvdimmi yuzimni yuvdimmi deb qayta qayta 3-4 marta tahorat olaveradi. Buni shaytonning vasvasasi deb o‘ylayapmiz. Singlim nima qilsin qayta-qayta tahorat olaversinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat olmasin. Aslo bu vasvasaga parvo ham qilmasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 173 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar