Qarzni olgan yaxshimi yoki kechgan

Assalomu alaykum! Tahminan 1,5 yil oldin bir odamga qarz bergandik. 1,2 oyda qaytaraman degandilar. Lekin shu bilan ularni ko‘rmadik gaplashmadik. Aldab ketti diyomimanu eslaridan chiqqandir. O‘zi ja kotta pulmas. Shu qarzdan kechvorse ko‘pro savob yoziladimi yoki qarz olganini eslatib qaytarishlarini kutse ko‘pro savob yoziladimi? Juda o‘ziga to‘q insonlamas lekin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kechib yuborganingiz yaxshi. Kechib yuborganingizdan keyin mabodo qachondir bersa olib faqir-miskinlarga berib yuboring. Hadya deb bersa o‘zingizga olishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar