Qalb buzuqligi
Assalomu alaykum! Domla qalb buzuqligini qanday ketkazsa bo‘ladi? Hayolimga juda yomon shahvoniy buzuq hayollar keladi. Bu holat deyarli har doim bo‘ladi. Hayolim joyidamasdek ozimda ruhiy buzilish bordek. Lekin tashqaridan hamma insondekman. Bu vasvasa ham bo‘lishi mumkinmi. Bu yomon hayollar mahramga nisbatan bo‘lsachi, bunda o‘zimni bu holatdan ketkazishga ming urinsam ham qo‘limdan kelmayapti.O‘zimga o‘zim bo‘ldi endi tavba qildim desam ham hayolimga senda hurmati musoharat sodir bo‘lgan degan hayollar kelyapti.Hurmati musoharatni oxiratda so‘rog‘i qanday.Ko‘p paytlar o‘zimga o‘zim bo‘ldi endi yaqinlarimni hizmatini qilaman yaxshi inson bo‘laman deymanu lekin nimadir meni yuragimni siqadi baribir ming yaxshi inson bo‘lsam ham foydasi yo‘qdek.Agar shu musoharat bo‘lgan bo‘lsa ularni gunohi o‘zimni bo‘ynimga bo‘lsin desam bo‘ladimi?Shayx hazratlarini bir maruzalarida Alloh o‘zi belgilagan qonuniyatni o‘zi buzadi deganlarini eshitgandim shunga men umid qilsam bo‘ladimi Alloh xatolarimni to‘g‘rilashiga axir shariatni ham Alloh o‘zi tuzganku.O‘zini oldiga yuzim yorug‘ bo‘lib borishni hohlayman baribir bir kun o‘laman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tezroq uylaning. Bo‘lmasa bunaqa buzuq fikrlar badnom qiladi. Bu fikrlarga sabab bo‘ladigan hamma yo‘lni yopib ulardan uzoqlashing. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tezroq uylaning. Bo‘lmasa bunaqa buzuq fikrlar badnom qiladi. Bu fikrlarga sabab bo‘ladigan hamma yo‘lni yopib ulardan uzoqlashing. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush