Kitobdagi ma’lumot

Assalomu alaykum! Oxirgi paytda savol-javoblarda namozni qazo qilishga hech qanday uzr yo‘qligi qattiq ta’kidlanayabti. Hazrat rahimahullohning Mufassal namoz kitobining qazo namozlarini ado etish qismida shunday yozuvlar bor :
«Rizq topishga harakat, farz ilmlarini talab qilish, o‘ta och qolgan kishilarning ovqatlanib olishi, nihoyatda charchagan kishining uxlab olishi kabilar qazo namozlarini kechiktirishning uzrlari hisoblanadi».
1). Boshidagi 2 ruknda demak umuman ishsiz odam ish qidirib yurib yoki ishxonasi ruxsat bermasa qazo o‘qiyveradimi? Shularga iltimos izoh bersangizlar.
2). Meni fikrimcha qazo qilishga hech qanday uzr yo‘q degan javoblaringizdan kelib chiqib o‘z sohamizda ishga kirayotganimizda gaplashganda albatta namoz o‘qiyman deb aytish kerakmi? Sababi o‘zingiz juda ham yaxshi bilasizki,  bizda ishxonalarda ijobiy munosabatda emas ko‘pchilik bunga. Ilmim oz bo‘lsa ham borligi uchun, kitob o‘qib yurganim va sizning shu saytingiz sabab ko‘p nojoiz erlarga ishga kirolmadim. Buning uchun avvalo Allohga hamdlar keyin sizlarga rahmat. Ko‘p haromdan qaytdim. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu degani jamoat bo‘lib turgan bo‘lsa ham jamaotga chiqmay o‘zi yolg‘iz o‘qishiga uzr degani. Siz o‘ylagandek vaqtidan kechiktirib qazosini o‘qish degani emas. 2). Avallari musulmonlar uchun turli-tuman sinovlar bo‘lgan. Bundan keyin ham bo‘ladi. Gap sinov bo‘lishi yoki bo‘lmasligida emas, balki o‘sha sinovlardan go‘zal holatda o‘tib Alloh taoloning roziligini topishdadir. Bunday o‘rinlarda “it hurar karvon o‘tar” qabilida ish tutish kerak. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar