Shu amal uchun ham savob umid qilsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarda ummatning miyyasini zaxarlash, fitna chiqarish yoki shunga o‘xshagan va hokazo maqsadlarda chiqarilgani aniq bo‘lgan videolarga "Dislike-dislayk", o‘zimizning qadrli domla va ulamolarning videolariga esa "Like-layk" bosish ortidan savob umid qilsa bo‘ladimi? Bu o‘ziga yarasha jixot hisoblanadimi? Axir shu harakatti orqasidan "yomon"larning videolarini kamroq odam ko‘radi, yoki ular videosidan foyda ololmay qoladi. "Biznikilarning" videolari esa ko‘proq odamga tavsiya qilinadi ko‘proq "Like-layk" to‘plagani uchun. Murod shuki, biz oshna og‘aynilar (20tacha kishi) telegramda guruh ochgandik, "Like-layk" yoki "Dislike-dislayk" bosish kerak bo‘lgan videolarga o‘shalarni bosish uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo zarra miqdoricha qilgan amalingiz uchun ham hisob kitob qiladi. Gunoh ish bo‘lsa jazo, xayrli ish bo‘lsa mukofot olasiz. Siz aytayotgan ishning ortidan biror manfaat hosil bo‘lishi aniq bo‘lsa albatta ajr-u savob olasiz. Agar bunday bo‘lmasa sarflangan vaqtingiz uchun xasratda qolasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar