Ayol erini omonat pulini saqlay olmasa
Assalomu alaykum! Onam dadam safardalik vaqtlarida ular jo‘natgan pulni qo‘shnimizga qarz qilib berib yubordilar. Endi qo‘shnimiz pulni bermayman isboting yo‘q deya pul berishdan bosh tortdi. Rostdan ham hech qanday isbot yo‘q. Kattagina summa edi. Endi dadam har kuni kelib biz qiz farzandlariga ham, onamni o‘ziga ham ovoz ko‘taradilar, haqoratlaydigan, bazan uradilar. Biz dadamdan qo‘rqib qolganmiz, qanday duo qilsak dadamni ko‘ngillarini yumshata olamiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol erining pulini uning iznisiz qarzga berib yuborishi joiz emas. Bu ishi gunohdir. Taqinchoqlari yoki boshqa biror mulkini sotib bo‘lsa ham erining haqini qaytarib berishi shart. Shu ketishda vafot etsa oxiratda savoblari bilan to‘lab berishga, agar bo‘lmasa gunohlarini zimmasiga olishga majbur bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!
11 Sentabr 2023, 22:26 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush