Allohga jism isbot qilish

Assalomu alaykum! Quronda qo‘l kalimasini qanday chunamiz imom moturidiy aqidasi boyicha, kayfiyatini Allohga topshiramiz diymiz qanday chuniladi, va mujasimalar bilan mutaziyalarni fikridan imom Moturudiyni fikrini farqini ajratib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahobalar, tobe’inlar va taba’-tobe’inlar ushbu kabi oyat va hadislarni “Mutashobih oyat va hadislardir. Alloh taolo O‘ziga nimani isbot qilgan bo‘lsa, biz ham ularni isbot qilamiz va ularni haqligiga iymon keltiramiz, “Yad, vajh, istivo”dan Alloh nimani iroda qilgan bo‘lsa ilmini Allohning O‘ziga havola qilamiz. Allohning O‘ziga yarasha qo‘li bor, yuzi bor deb ham aytmaymiz” deganlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:18 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar