Zikr va duo vaqtlari

Assalomu alaykum! Bomdod namozidan keyin uxlash makruh ekanligini bilib oldik. Odatda men Bomdod namozidan keyin shayx Hazratlarining “Hadis va Hayot” silsilasidan «Zikr, Duo, Istig‘for va Tavba» kitoblarida keltirilgan zikr va duolarni qilib o‘tiraman va taqvimda keltirilgan quyosh chiqish vaqti bo‘lganidan 5-10 daqiqa o‘tkazib yana uxlayman. Bu ishim to‘g‘rimi? Odatda men bu zikr va duolarni bomdod va shom namozlaridan keyin o‘qiyman. Lekin bir joyda asr namozidan keyin o‘qiladigan zikrlarni degan gapni o‘qib qoldim. Men ushbu duo va zikrlarni shom namozidan keyin o‘qib xato qilmayabmanmi? Oldindan rahmat! Alloh qilayotgan ishingizda ko‘makchi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilyapsiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 167 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar