Birjada ishlashim

Assalomu alaykum! Men xalqaro fond birjasida kompyuter orqali internetdan savdo sotiq ishlarini amalga oshiraman. Biror bir tovarning narxi tushganida sotib olaman va uning narxi ko‘tarilishini kutaman. Menga kerakli narxga ko‘tarilganda sotaman. Keyin yana huddi shu ishni takrorlayman. Asosan neft bilan shug‘ullanaman. Pulni bank orqali o‘tkazib huddi o‘sha narxda echib olaman. Bank o‘z komissiyasini pulimdan echib oladi. Treyd esa uning yordamida ishlayotganimga foydamdan 20% olib qoladi. Shu ishim halolmi yoki harom shuni bilmoqchiman. Javob uchun oldindan rahmat. Salomat bo‘ling.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz shart qilgan qo‘lga olish degan narsa birjada topilmaydi. Birjada ko‘p o‘rinlarda yo‘q narsa savdo qilinadi. Ular hali ishlab chiqarilmagan yoki buyurtma berilgan narsalar bo‘ladi. Siz o‘zingizga yaqin joydagi biron ahli ilmga uchrab, jonli majlisda masalangizni tushuntiring. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar