Dinlar aro munosabatlar

Assalomu alaykum! Bo‘layotgan savol va javoblarni o‘qib odamda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, bir akamizning agar Muslim, Nasroniy ayolga uylansa ayolini Islomni qabul qilishga majburlash kerakmi yoki yo‘qmi degan mazmundagi savollariga Majburlash kerak emas. Uning o‘zi qabul qilishi kerak degan mazmundagi javobni olibdilar.
Menda savollar judaym ko‘payib ketdi va Izlash xizmatidan foydalandim, lekin aniq javob topa olmadim(ov).
SAVOLIM, Bilishim bo‘yicha, agar er va xotinning biri namoz o‘qisa-yu biri o‘qimasa, o‘qiydigan odam xuddi hayvon bilan yotgandek bo‘lar ekan. Agar xotin nasroniy, namoz o‘qimaydigan bo‘lsa, uning musulmon eri xuddi hayvon bilan yotgandek bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’oni karim va sunnat ta’limotlariga binoan Islom dinidan boshqa din vakillari jannatga kirmasliklari aniq. Lekin bu dunyoda ular bilan bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lish, hatto nasroniy va yahudiy dinidagi ayollarga uylanish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:53 | Savol-javoblar | 128 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar