Do‘konga pulini keyin berishga mahsulot berish
Assalomu alaykum! Biz bir do‘konga lavh berganmiz sotilgach pulini berishga shuni shariatga muvofiq bo‘lishi uchun u insonga "bu sizga falon muddatga falon so‘mga nasiyaga sotildi" deb bersak bo‘ladimi? Va agar shu muddatda sotilmay qolsa muddat ni yana boshqa muddatga tayinlasak yoki u inson mahsulotni bizga qaytarib bersa, bu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasiya savdosi qilib bersangiz sotilmasa, qaytarib olishga majbur emassiz. O‘zingiz xohlab qaytarib olsangiz bo‘ladi. Olgan odam qaytarib berish uchun shar’iy asos bo‘lishi kerak. Bu odatda moldagi ayb bo‘ladi. Boshqa holatlarda o‘zaro rozilik bilan qaytib olish joiz. Mabodo molingizni sotishga vakil qilsangiz sotilmasa, qaytarib olishingiz mumkin. Ammo vakil qilinganda uni xizmat haqini tayin qilish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat