Qo‘shaloq to‘yning yomonligi

Assalomu alaykum! Mening opam turmush qurganlariga 3 yil bo‘ldi, ammo hozirgacha farzandlari yo‘q. O‘sha payti quda tomon birdaniga ikkita o‘g‘ilni uylantirgan va ikkalasiga bir kunda nikoh o‘qilgan. Hozirda ikki aka ukaning ham farzandi yo‘q. Bunga sabab bir kunda ikki aka ukaga nikoh o‘qitilmaydi degan gaplar bor ekan. Buni yaqinda eshitdik, bu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu g‘irt safsata gap. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:05 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar