Azador kishi haqida
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar! Yana bir marta sizlardan bilmagan narsamni so‘ramoqchi edim. Bir do‘stimni otasi yaqinda Allohga omonatini topshirdilar (Alloh rahmatiga olsin), shu do‘stimni keyinroq to‘yga taklif qilishibdi. Savolimiz shuki, uch kun aza o‘tgandan keyin to‘yga borsa bo‘ladimi? Yana shu do‘stim nikohdan ham o‘tmoqchi ekan, uni ham uch kun aza o‘tib bo‘lgandan keyin qilinaveradimi? Izlash xizmatidan ayni javobni topa olmadim. Sizlardan ham bizdan ham Alloh rozi bo‘lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatmizda aza tutish uch kun. Undan keyin aza tutish harom hisoblanadi. To‘yga borishi joiz, balki vojib bo‘lishi ham mumkin. Aza tutib nikohdan o‘tmasligi gunoh. Vallohu a’lam.
1 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar