2 chi ota (o‘gay ota)

Assalomu alaykum! Ustoz mening 1-(geneticheskiy) otam narkomaniyaga berilganliklari uchun onam yoshligimda meni olib 1-otamning uylaridan chiqib ketganlar. O‘sha vaqtda taloq olganmilar yo‘qmi buni bilmayman va xozir so‘rashga noqulay. Ko‘p yillar davomida biz onam bilan moliyaviy tarafdan juda qiyin kunlarni boshimizdan kechirdik. 1-otam aliment berishga ham zo‘rg‘a rozi bo‘lganlar. Lekin shuni aniq bilamanki oradan ko‘p yil o‘tgach onam ular bilan qonuniy ajrashishgan va ajrim qog‘ozlari bor. Agar qonuniy yo‘l bilan ajrashgan bo‘lsa ularning o‘rtalarida taloq bor deganini bilib oldim. O‘shandan so‘ng onamlar o‘z orzularidak insonga turmushga chiqdilar. Mening 2-otam (o‘zbek tilida qo‘pol eshitilsa ham "O‘gay otam") onamlarni shariy nikohlariga oldilar. Shu inson sababli men hayotda o‘z yo‘limni topdim. Allohga ming shukurlar bo‘lsinki bu inson men uchun haqiqiy o‘rnak bo‘la oldi. Meni yoshligimdan manaviy va moliyaviy tarafdan taminlab tarbiya berdilar. Qiyin vaziyatda ham meni o‘qitdilar. Menga qattiq gapirganlarini hech eslay olmayman. Savolim shuki mening 1- (geneticheskiy) otamning menda qanday haq va huquqlari bor? Chunki men ularni ko‘rmaganimga ko‘p yillar bo‘ldi va aloqalar uzilgan. Bir kun kelib ularni yana ko‘rib qolsam nima qilishimni bilmayaman. Men shuni bilamanki xozirda kunda menga o‘xshagan farzandlar ko‘p. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizni sizda dunyoga kelishingizga sabab bo‘lganlik haqqi bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:06 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar