Jarrohlik amaliyotlari

Assalomu alaykum! Men yaqinda turmush quraman. O‘zim bo‘lajak shifokorman, bo‘lajak turmush o‘rtog‘im esa plastik jarrox. Uning bemorlari asosan ayollar va ko‘pincha xalal bermaydigan yoxud sog‘lom joylarida xam jarroxlik amaliyotini o‘tkazishadi. Shunday muolajalar xam borki, ayollarni ko‘krak va qorin soxalarida o‘tkaziladi(asosan chiroy yuzasidan). Turmush o‘rtog‘imning bu kasb bilan shug‘ullanishi yoxud ularga qarashi xam gunox sanaladimi? Va jazosi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunoh sanaladi, balki har bir qilingan amaliyot Alloh taoloning la’natini vojib qiladigan ish hisoblanadi. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ اللهُ الْوَاشِمَاتِ وَالْمُسْتَوْشِمَاتِ، وَالنَّامِصَاتِ وَالْمُتَنَمِّصَاتِ، وَالْمُتَفَلِّجَاتِ لِلْحُسْنِ الْمُغَيِّرَاتِ خَلْقَ اللهِ، فَبَلَغَ ذَلِكَ امْرَأَةً مِنْ بَنِي أَسَدٍ تَقْرَأُ الْقُرْآنَ اسْمُهَا أُمُّ يَعْقُوبَ، فَأَتَتْهُ فَكَلَّمَتْهُ فَقَالَ: وَمَا لِي لَا أَلْعَنُ مَنْ لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ فِي كِتَابِ اللهِ، فَقَالَتِ الْمَرْأَةُ: لَقَدْ قَرَأْتُ مَا بَيْنَ لَوْحَيِ الْمُصْحَفِ فَمَا وَجَدْتُهُ، قَالَ: لَوْ قَرَأْتِيهِ لَوَجَدْتِيهِ، قَالَ اللهُ تَعَالَى: - وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا-، قَالَتِ الْمَرْأَةُ: إِنِّي أَرَى شَيْئًا مِنْ هَذَا عَلَى امْرَأَتِكَ الْآنَ، فَقَالَ: اذْهَبِي فَانْظُرِي، فَدَخَلَتْ عَلَى امْرَأَتِهِ فَلَمْ تَرَ شَيْئًا، فَعَادَتْ فَقَالَتْ: مَا رَأَيْتُ شَيْئًا، فَقَالَ: أَمَا لَوْ كَانَ ذَلِكَ لَمْ نُجَامِعْهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ  Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Alloh husn uchun vashm qiluvchi ayollarni, vashm qildiruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila teruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila terdiruvchi ayollarni va tish orasini ochuvchilarni, Allohning yaratganini o‘zgartuvchilarni la’natlasin», dedi.
Bu gap Banu Asadlik Qur’on qiroat qiladigan Ummu Ya’qub ismli ayolga etdi. U kelib bu haqda so‘radi. Bas, u:
«Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan kimsani la’natlamas ekanman? Holbuki, bu Allohning kitobida ham bor», dedi.
«Mushafning ikki muqovasi ichidagi hamma narsani o‘qidim. Buni topmadim», dedi ayol.
«
(Yaxshiroq) o‘qiganingda uni topar eding. Alloh taolo: «Rasul sizga nimani bersa, o‘shani olinglar va nimadan qaytarsa, o‘shandan qaytinglar», degan», dedi u.
«Shu narsadan ba’zisi sening xotiningda ham bor, deb o‘ylayman», dedi ayol.
«Borib, qara», dedi u. Ayol uning xotinining oldiga kirib, hech narsa ko‘rmadi va qaytib kelib:
«Biror narsa ko‘rmadim», dedi.
«O‘sha narsa bor bo‘lganida, u bilan jam bo‘lmas edik», dedi Abdulloh».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar