Haqiqiy bo‘lmagan pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlar qimormi?
Assalomu alaykum! Ma’lumki turli kompyuter va mobil o‘yinlar ko‘payib ketdi. Ba’zi bir yaqin tanishlarim, nafaqat judayam ko‘pchilik ayniqsa yoshlar orasida ham haqiqiy bo‘lmagan online pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlar tarqalgan. Bu pulni faqat o‘sha o‘yin uchun ishlatsa bo‘ladi. Masalan o‘yin uchun yangicha toshlar yoki shunga o‘xshash narsalar sotib olish, keyingi o‘yin uchun imkoniyatlar va hokazo... Bu qimor bo‘lishi mumkin o‘ynamanglar desak bu haqiqiy pul emasku, buni pul qilib ishlatib bo‘lmaydiku deb o‘zlarini ham boshqalarni ham aldashadi. O‘yin o‘ynab vaqtni ketqizish ham bir yomon odat lekin savolim shuki bu rostan qimormi yoki yo‘q? Ularni bu narsadan qaytarish uchun aniq lo‘nda javob va isbot kerak. Sizlarning beradigan javobingiz inshaalloh ular uchun etarli. Boshqa ko‘pchilik ham buni bilib olardi. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:06 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom