Ibrohim alayxissalom duolari
Assalomu alaykum! Qur’onda kelgan, Ibrohim alayxissalom duo qilib farzand so‘raganlari va bu duo ijobat bo‘lib o‘g‘il farzand berilgani xaqidagi oyatni keltirib bersangizlar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Soffaat" surasida marhamat qiladi: رَبِّ هَبْ لِي مِنَ الصَّالِحِينَ فَبَشَّرْنَاهُ بِغُلَامٍ حَلِيمٍ 100. Robbim, menga solihlardan hadya et», – dedi.
101. Bas, unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik.
Yoshi bir joyga borib qolgan, begona yurtlarda muhojir bo‘lib yurgan befarzand odam uchun juda buyuk bir xushxabar edi bu. Uzoq davom etgan farzandsizlikdan keyin farzandli bo‘lish qanchalik baxt! Uzoq davom etgan farzandsizlikdan so‘ng, ayniqsa, o‘g‘illik bo‘lish qanchalik baxt! U o‘g‘ilning halim bo‘lishi esa yanada ulug‘ baxt edi! Bu farzand Ismoil edi! ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:09 | Savol-javoblar | 175 | Duolar