“Huzira” ismi haqida savol

"Huzira" ismining arabcha ekanligi ma’lum xolos. Bu ismdagi qiz ismini o‘zgartirishi kerakmi? Sizdan iltimos ma’nosini ham aytib o‘tsangiz. Chunki bizda arab tilini chuqurroq biladiganlar kam (ismlar haqidagi kitoblardan ham topolmadim).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hech kim topa olmaydigan ismga harakat qilgan bo‘lsangiz kerak. Hozir odamlarda shu gap ko‘paygan. Oxiri hech qaerda yo‘q, o‘zingiz ham bilmaydigan ismni topgansiz. Ism qo‘yishdan oldin o‘ylash kerak, keyin emas. Arabchada bunday so‘z yo‘q.

26 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar