Nikohim to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Ilmsizligimiz tufayli nikoh shartlariga e’tibor qilinmagan ekan. Bizning nikohda guvohlardan turmush o‘rtog‘imning buvisi va otasi qatnashgan. Men tomondan ilmsizliklari tufayli hech kim qatnashmagan. Jami nikoh o‘quvchi mulla, men, turmush o‘rtog‘im, uning buvisi va otasi ishtirokida nikoh o‘qilgan. Mulla bo‘laveradi degan, bu nikoh to‘g‘rimi? Ammo men shayximizning Hadis va hayot to‘plamidagi "Nikoh, taloq va idda " juzida o‘qiganimda, valiysiz nikoh to‘g‘ri emas deyilgan ekan. Yana ikki erkak yoki bir erkak ikki ayol bo‘lishi kerak deyilgan. Ustozlar, iltimos, savolimni javobsiz qoldirmanglar, Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni nikohingizda qaynotangiz bilan domla guvohlikka kifoya qiladi. Mazhabimizda valiy shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar