Qabrlar o‘rnidan foydalanish
Assalomu alaykum! 417-fatvo bo‘yicha "Qabrlar o‘rnida dehqonchilik qilish va imorat solib, foydalanish joizdir" deganda qabrlarni buzish tushuniladimi. Shunday bo‘lsa qanday qabrlar nazarda tutilgan. Bilishimizcha qabrlarni buzish ulkan gunoh. Agar buzish yoki foydalanish joiz bo‘lsa, ushbu fatvodan qabrga qo‘yishdan maqsad sanitariya jihatidan chirib ketguncha saqlash kelib chiqadimi? Qabrlar islomda oxiratni eslatish, ziyorat qilish va yana biz bilmagan holatlar uchun joriy qilinmaganmi? 417-FATVO Qabrdagi mayyit chirib, tuproqqa aylangani ma’lum bo‘lsa, shu qabrga boshqa mayyitning qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, bu kabi qabrlar o‘rnida dehqonchilik qilish va imorat solib, foydalanish joizdir. «Olamgiriya», «Tabyin»
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarurat bo‘lganligi uchun bu ishga ruxsat berilgan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarurat bo‘lganligi uchun bu ishga ruxsat berilgan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar