Ilmga amal qilolmaslik
Assalomu alaykum! Ustozlar man bilgan ilimlarimga amal qilolmayapman. Nafs bilan kurashaolmayapman. Masalan nimalar Allohga yaqinlashtirshini bilaman, lekin qilomayman. Ko‘p zikr, namoz, chiroyli xulqli bo‘lish, ilm olish yana kuchli mo‘min Allohga maxbubroq va yaqinrokligini bilaman, lekin sport bilan shug‘ullansam goxida odamlarga chiroyli ko‘rinish uchun qilayotgandek bo‘laman. Niyatimni to‘g‘irlay olmayapman. Yana vasvasa, o‘ylashim kerak bo‘lmagan narsalarni xayol qilib yuraman. O‘sha xayolni ichiga kirib ketaman. Namozda esa faqat jism turadi xayol boshqa joyda. Duo qilay desam Payg‘ambarimiz (sav) 40 kun duosi qabul bo‘lmaydi xarom eganning deganlarini bilaman. Uyimiz qishloqda, bizada nos sotiladi. Eyish ichishga xarajat o‘shandan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson bir idish. Yoshligida top toza idish, ma’lum bir yoshga etganda unga tashqaridan olgan narsalari to‘lib o‘sha narsalar o‘z ishini ko‘rsatishni boshlaydi. Inson bu idishga narsalarni ko‘z, quloq va og‘izdan kiritadi. Siz o‘sha idishni tozalashga va tashqaridan yomon narsalarni kiritmaslikka qanchalar ahamiyat bersangiz harakatlaringiz ham shunga qarab bo‘ladi. Inson ichini tozalashining birinchi yo‘li ro‘za tutish. Bu uni badaniga kirgan nopok narsalarni tozalaydi. Ikkinchisi ko‘p istig‘for aytish. Bu gunoh tufayli kirgan axlatlarni tozalaydi. Endigi ish jasadga qayta nopok narsani kiritmaslik. Shu holatda davom etsangiz ichingizdagi narsalar faqat va faqat yaxshilikka boshlaydi. Odamlar internet yaxshi rivojlanmagan vaqtlarda faxsh narsalarni ko‘rmas edilar va juda ko‘p faxsh ishlardan uzoqda bo‘lar edilar. Faxsh ishlar hatto xayollariga ham kelmas edi. Internet rivojlandi, ko‘z va quloq orqali nopok narsalar insonni qalbi va miyasiga joylashdi. Endi esa o‘sha insonlardan nopok ishlar sodir bo‘lishni boshladi. Internatda ko‘rganlaridanda battarroq holatga va harakatga tushishdi. Siz ko‘zingizni harom ishlardan saqlang. Abdulloh ibn mas’ud roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi:
«Alloh taolo dedi: (xarom qilingan) nazar Iblisning zaharli o‘qlaridan biridir. Kimki mendan qo‘rqib uni tark qilsa uni shunday bir iymonga almashib qo‘yamanki, uning halovatini qalbida his qiladi».
Imom Tobaroniy va Hokimlar rivoyati.
Abu Umoma roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi: «qaysi bir muslim (begona) ayolning avratiga nazar qilib, so‘ngra Allohning g‘azabidan qo‘rqqan holda undan ko‘zini olib qochsa Alloh unga shunday ibodat beradiki uning lazzatini qalbida his qiladi».
Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom