Menga gunoh bo‘lmaydimi?
Assalomu alaykum! Men kompyuter xizmatida ishlayman (shaxsiy). Bitta mijozim bor, ya’ni kitob yozuvchi muallif. Har safar kitoblari yozib bo‘lingandan keyin oxiriga yordam berganlarni ism-familiyasini yozib qo‘yadilar (ya’ni menikini ham). Ba’zida shariatimizga zid gaplar yoziladigan bo‘lsa, masalan “Xizr nazar qilgan”, “Jannatiy odam” gaplar bo‘lsa bunday so‘zlarni yozmayman deb ushbu saytning savol-javob bo‘limidan javob topib beraman. Javob topib berganimdan keyin yozdirmaydilar va amal qiladilar. Ushbu mijozim bir kuni boshqa she’r yozuvchi muallifning she’rlar va hikmatlar to‘plamini olib keldilar. Hikmatlar orasida “Do‘sting uchun aroq ich” degan joyi bor ekan. Aynan o‘sha joyini yozmasdan chiqarib berdim. Xatolarini tuzatib kelgandan keyin qarasam yana “Do‘sting uchun aroq ich” deb tuzatib qo‘yibdi, boshqa xatolarini to‘g‘rilab ushbu so‘zlarni yozmasdan fleshkasiga ko‘chirib berdim. Ma’lum muddatdan so‘ng kitob chiqibdi, qiziqib yozmagan joyimga nima yozgan ekan deb qarasam qaysidir kompyuter xonada “Do‘sting uchun aroq ich” degan so‘zlarni yozib kitob holatida chiqaribdi, orqasiga mening ism-familiyamni ham yozib qo‘yishibdi. Men o‘zimning mijozimga “Borib ayting mening ism-familiyamni olib tashlasin, yoki ushbu so‘zlar o‘rniga hikmatli so‘z yozsin, men “Do‘sting uchun aroq ich” degan joyini yozmaganman” desam xop dedilar. Lekin kitob ko‘p nusxada chiqqan, baribir ushbu so‘zlarin o‘chirishmaydi. Hozirda ushbu kitob juda ko‘p mijozlar qo‘lida yurgan. Ushbu holat bo‘yicha “Do‘sting uchun aroq ich” degan joyiga amal qilishsa men gunohga yordam bergan bo‘lib qolmaymanmi? Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz unday insonlarga yordam bermang. “Do‘sting uchun aroq ich” deyish bu gunohga buyurish hisoblanadi. Bu faxshni tarqatish hisoblanadi. Qancha qancha tabiati buzuq insonlar Umar Hayyom yozmagan she’rlarni u kishini yozgan deb tuhmat qiladi va o‘zlariga dalil qilishadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 152 | Kitoblar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz unday insonlarga yordam bermang. “Do‘sting uchun aroq ich” deyish bu gunohga buyurish hisoblanadi. Bu faxshni tarqatish hisoblanadi. Qancha qancha tabiati buzuq insonlar Umar Hayyom yozmagan she’rlarni u kishini yozgan deb tuhmat qiladi va o‘zlariga dalil qilishadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 152 | Kitoblar