Qo‘shnining kasofati

Assalomu alaykum! Ko‘p qavatli uyning 4-qavatida yashaymiz. 3-qavatdagi xonadonni ming afsuslar bo‘lsinki fohishaxona qilib olishgan. Tegishli joylarga mahalla posbonlariga murojaat qildik, ammo foydasi bo‘lmayapti. Kelib tekshirib ketishganidan so‘ng 1-2 hafta tinchib qoladi, ammo keyin yana kelib davom ettiraverishadi. Mana shunday iflos xonadonning shundoqqina tepasida yashab o‘qigan namozlarimga buning zarari yo‘qmi? Ko‘nglim juda g‘ash bo‘lyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni namozingizga hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar