Solih odam vafot etsa
Assalomu alaykum! Agar taqvodor odam vafot etsa, unda qiyomatgacha xafa bo‘lish, xavotir, ko‘rqinch bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Fussilat” surasida marhamat qiladi : إِنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمُ الْمَلَائِكَةُ أَلَّا تَخَافُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَبْشِرُوا بِالْجَنَّةِ الَّتِي كُنتُمْ تُوعَدُونَنَحْنُ أَوْلِيَاؤُكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الْآخِرَةِ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَشْتَهِي أَنفُسُكُمْ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَدَّعُونَ نُزُلًا مِّنْ غَفُورٍ رَّحِيمٍ 30. Albatta, «Robbimiz Alloh», degan, so‘ngra mustaqim bo‘lganlarning ustilaridan farishtalar: «Qo‘rqmanglar, mahzun ham bo‘lmanglar, o‘zingizga va’da qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar! 31. Biz dunyo hayotida ham, oxiratda ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz. Sizga u(jannat)da ko‘nglingiz ishtaha qilgan narsa bordir va sizga unda orzu qilgan narsangiz bordir. 32. O‘ta mag‘firatli, o‘ta rahmli Zot tarafidan ziyofat o‘laroq», (deb tusharlar). Ushbu uch oyatdagi vasf mo‘minlarning qanchalik saodatli insonlar ekanini ko‘rsatadi. Mo‘minlar avvalo: «Robbimiz Alloh», deb, Alloh taoloning o‘zlariga Robb ekanini, Xoliq, Roziq, Mudabbir va Tarbiyachi ekanini tan olgan zotlardir. Allohga iymon keltirganlaridan keyin esa «Robbimiz Alloh» degan o‘sha so‘zlarida mustaqim turgan zotlardir. Ularning qalblari «Robbimiz Alloh»da mustaqimdir. Ularning ishlari «Robbimiz Alloh»da mustaqimdir. Shuning uchun ham Alloh taolo ularga alohida munosabatda bo‘ladi. Keyin mo‘minlarga kofirlarga o‘xshab, insonlaru jinlardan iborat yomon do‘stlar emas, farishtalar yaqin bo‘ladi. So‘ngra esa ularga ikki dunyoda ham xotirjam qiluvchi quyidagi xabarlar aytiladi: «Albatta, «Robbimiz Alloh», degan, so‘ngra mustaqim bo‘lganlarning ustilaridan farishtalar: «Qo‘rqmanglar, mahzun ham bo‘lmanglar...» Kelajakda, oxiratda holimiz ne kechar ekan, deb qo‘rqmanglar, ko‘nglingizga hech qanday xavf kelmasin. Qilib o‘tgan ishlarimiz natijasi qanday bo‘lar ekan, deb ham mahzun bo‘lmanglar. Sizlar uchun kelajakda hech qanday xavf-xatar yo‘q. Qilgan ishlaringizning natijasi ham yaxshi. Chunki siz «Robbimiz Alloh», dedingiz va o‘sha so‘z taqozosiga ko‘ra mustaqim turib, umr kechirdingiz. «...o‘zingizga va’da qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar». «Robbimiz Alloh», deb mustaqim turganlarga jannat va’da qilingan edi. Siz o‘sha shartni amalga oshirdingiz, ya’ni «Robbimiz Alloh», dedingiz va mustaqim turdingiz. Endi o‘sha va’da qilingan jannat sizga albatta beriladi, bu xushxabarni qabul qiling. «Biz dunyo hayotida ham, oxiratda ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz». Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. «Sizga u(jannat)da ko‘nglingiz ishtaha qilgan narsa bordir...» Nimani ko‘nglingiz tusasa, siz uchun darhol muhayyo qilinadi. «...va sizga unda orzu qilgan narsangiz bordir». Jannatda siz nimani orzu qilsangiz, o‘sha narsa bo‘ladi. «O‘ta mag‘firatli, o‘ta rahmli Zot tarafidan ziyofat o‘laroq». Bu o‘ta mag‘firatli va o‘ta rahmli Zotdan ziyofatdir. Mazkur vasf qilingan jannat va uning ne’matlari mag‘firatli va o‘ta rahmli bo‘lgan Alloh taoloning ziyofatidir. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 177 | Aqiyda