Qur’on yodlash xaqida

Assalomu alaykum! 1). Agarda inson namoz vaqtida Kur’on oyatlaridagi Rabbaka so‘zini Rabbuka yoki Rabbika dep adaship ketsa, buni xukmi kanday? 2). Men arab tilini bilmayman, transkriptsiya va to‘g‘ri ukilgan audiolar orkali edlayman, shu yul bilan Kur’on edlasa buladimi? yosh bolalarim bulganligi uchun madrasada ta’lim olishga sharoitim yuk. Javobingiz uchun katta rahmat Alloh rozi bulsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaerda qanday adashganligiga bog‘liq. Chunki siz aytgan suratlar bosh kelishik, tushum kelishiga va qaratgich kelishigi bog‘liq bo‘ladi. Gapni o‘rniga qarab ma’no o‘zgaradi. Masalan “Robbisiga kofir bo‘ldi” degan o‘rinlarda bosh kelishikda ishlatsa na’uzubillah kufr so‘z chiqib qoladi. Siz shu himmatingizni arab tilini o‘rganishga sarflang. Uzog‘i bilan ikki oy ketadi. Internetda darslari bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 186 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar