Bomdoddan keyin
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir do‘stim bomdoddan so‘ng namoz o‘qisam bo‘ladimi deganida ha faqat qazo namozlari mumkin nafl mumkinmas, qolaversa quyosh chiqayotgan vaqtda bo‘lmasa bo‘ldi degandim. Do‘stim shu fatvoga amal qilib masjidda jamoat bilan bomdod namozini o‘qib bo‘lgach namoz o‘qiyotganini ko‘rgan imom qattiq ogohlantirish bilan bu narsa mumkin emasligini aytibdi. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz! Javob uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qazoni quyosh chiqquncha o‘qishda hech qanday ta’qiq yo‘q. Masjidda tushunmaydigan odamlarning oldida o‘qimaslik kerak. Qolaversa qazo gunoh, uni masjidda o‘qish gunohni e’lon qilishga o‘xshaydi. Qazo namozlarni oshkora qilib o‘qimaslik kerak. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: كُلُّ أُمَّتِي مُعَافًى إِلَّا الْمُجَاهِرِينَ، وَإِنَّ مِنَ الْمُجَاهَرَةِ أَنْ يَعْمَلَ الرَّجُلُ بِاللَّيْلِ عَمَلًا ثُمَّ يُصْبِحُ وَقَدْ سَتَرَهُ اللهُ، فَيَقُولَ يَا فُلَانُ عَمِلْتُ الْبَارِحَةَ كَذَا وَكَذَا، وَقَدْ بَاتَ يَسْتُرُهُ رَبُّهُ وَيُصْبِحُ يَكْشِفُ سِتْرَ اللهِ عَنْهُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Mujohirlardan boshqa ummatimning hammasi avf qilingandir. Albatta, bir kishining kechasi bir ishni qilib, tong otganda Alloh uni satr qilgan bo‘lsa ham «Ey falonchi, kechasi unday qildim, bunday qildim», demog‘i ham mujoharadandir. Batahqiq, u Alloh uni satr qilgan holida yotgan edi. Tong otganda esa o‘zidan Allohning satrini ochadi», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: «Mujohir» jahr so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘atda «oshkora qiluvchi» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa gunohni oshkora va uyalmasdan qiluvchi odamga aytiladi. Ushbu hadisi sharifdagi ta’rifga qaraganda, o‘zi qilgan gunohni odamlarga maqtanib yuradi.
Demak, gunohni oshkora qilgan, o‘zidan sodir bo‘lgan gunohlarini gapirib yuradigan mujohirlarning gunohi avf qilinmas ekan.
Ana shunday mujohirlarning aybini gapirish g‘iybat hisoblanmas ekan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar