Ikki olam sarvari deyish
Assalomu alaykum! Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ikki olam sarvari deyishlik uchun hujjatlaring bormi demoqda. Biz ilmsizligimiz tufayli hech nima deyolmay siz muhtaramlarga yuzlanmoqdamiz. Janobimizni shunday deb atash haqida rivoyatlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘shandek odamlar mayda odamlar hisoblanadi. Ularni ishi doim mayda ishlar bilan shug‘ullanish bo‘ladi. Yana bittasi juma bilan tabriklash yo‘q deydi, yana biri shu kabi mayda chuydalar deydi. Hozir bundan muhim ishlar turibdi. O‘sha muhim ishlarni hal qilishga, asablarni o‘sha ishlarga yo‘naltiraylik. Hozirgi kunda o‘zlarini olim deb bilib, oyat va hadisdan hukm oladigan darajada deb bilib, mazhablarni bid’at va zalolat deydiganlar bor. Ularga shunchalik ilmga ega bo‘lsangiz hal qilinmagan zamonaviy masalalar to‘lib yotibdi, kelinglar shularni hal qilishga yordam beringlar. Masalan o‘zbek tilida gapiradigan odam xotiniga “seni qo‘ydim” desa bu bilan raj’iy taloq tushadimi yoki boin taloq tushadimi? Qayta nikohlash shartmi yoki shart emasmi? desangiz “Men bu kabi mayda ishlar bilan shug‘ullanmayman” deydi. Vaholanki bu har bir erkak va ayolning boshiga tushishi mumkin bo‘lgan, halol va haromga tegishli masaladir. Aslida unday insonlarni bu kabi masalaga aqli ham etmaydi. O‘sha sizga masala aytgan odamdan ham so‘rab ko‘ring. Gapirsa nimaga suyanib gapirding shunga qat’iy ishonching bormi deb ayting. Chunki ular miyasiga kelganini gapirib yuborishdan ham toymaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 186 | Hadislar