Isrofgarchilik yoki taqvo?
Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiman, bazida peshvobdan (siydik) dan xazar qilaman deb qayta qayta yuvib ko‘p suv sarflayabman nazarimda siydik qolgandek bo‘lyabdi. Bu esa kundan kunga chuqurlashib ketyabdi. Lekin ikkilanib qolyabman chunki taqvo qilyabman deb isrofgarchilikga yo‘l qo‘ymayabmanmikan deb.
2. Bazida shayton namoz paytida xar xil yomon xayollar olib keladi istig‘for aytib tavba qilaman va bundan qutulishni isteman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz bavl qilgandan keyin kesak, yoki qog‘oz bilan quritib, umuman yuvmasdan tahoratni olavering. Sahobai kirom roziyallohu anhumlar oylab shunday qilar edilar. Albatta ularda maxsus qog‘oz bo‘lmagan kesak bilan quritib ketaverishgan. Yuvishda davom etsangiz kasallik duchor bo‘lib, namozdan ham qolib ketishingiz mumkin. Shariat bergan ruxsatdan foydalaning. “ko‘nglim bo‘lmayapti” deyish shaytonning vasvasasi. 2). Vasavasadan qutilishning eng oson yo‘li unga umuman parvo qilmaslik. Abu Hanifa rahmatullohi alayh dars berishga kirishdilar, yoniga bir kishi kelib haqoratlay boshladi. U zot umuman parvo qilmadilar, hatto darsni tugatib uyiga qarab yo‘l oldilar. U odam yo‘lma-yo‘l haqoratlashdan to‘xtamadi. Oxir ularining oldiga kelganlarida “Uyimga etib keldim, ichingizda yana biror so‘z qolgan bo‘lsa aytib-chiqarib oling” dedilar. Ya’ni “meni bu kabi narsalarga vaqtim sarf bo‘lishini xohlamayman” degan ekanlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:48 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar