Farishtalarga sig‘inish

Assalomu alaykum! Hammaga ma’lumki Evropada nasroniylik dini keng tarqalgan. Televizorda bir ko‘rsatuv ko‘rib qoldim. Unda aytilishicha Fransiyada shunday bir cherkov bor ekan. U cherkovga odamlar farishtaga ibodat qilish uchun kelishar ekan. U farishta Mikoil alayhissalom ekanlar. Rivoyatlarga ko‘ra bazi kishilar o‘sha farishtani ko‘rishgan ekan. Farishta ularga qandaydir hadyalar bergan ekan. Yaxshiliklar qilgan ekan. Va hokazo. Farishtalarga sig‘inish kufrmi? Dinimizda bu haqda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bo‘lmagan yolg‘on gap. Musulmon odam ziyrak va farosatli bo‘ladi. Bu kabi gaplarga ishonmaydi. Dinimizda Allohdan o‘zgaga shu jumladan farishtalarga ham sig‘inish kufr. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 188 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar