Telefonimga tegsang menga haromsan degandim
Assalomu alaykum! Bundan 2-3 yil oldin ayolim rashq tufayli telefonimga so‘roqsiz tegaverganidan “qaytib telefonimga tegsang yoki qarasang ham menga haromsan” degandim. Ya’ni taloq so‘zini aytganim buni og‘irligini bilganimdanmi aytgim kelmagan. Keyin ayolimga “telefonimga tega ko‘rma manga harom bo‘lasan degan so‘zimni aytdim” dedim. U “jahl ustida aytdiz” degandi men “nima bo‘lsayam aytdim deb” deb javob qildim. Shu narsa qiynab keladi, balki ayolim menga bildirmay telefonimga tegar, balki esidan chiqibmi ushlashi mumkin. Sizlardan iltimos meni aytgan so‘zim shariyatda nima o‘rin tutadi? Qaytib olishim mumkinmi so‘zimni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha birinchi tekkanida ayolingiz sizga harom bo‘ladi. Qayta nikoh o‘qitishingiz shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush