Otaning qizidagi xaqqi
Assalomu alaykum! Otam bilan onam 1,5 yoshimda ajrashib ketishgan, lekin otam men xaqimda qayg‘urmaganlar. Xattoki alimentni xam onam sud orqali undirganlar. Bir maxallada yashaganimiz uchun ularni onda-sonda ko‘rib qolsam qo‘limga pul berar edilar. Turmushga chiqqanimda to‘yga aytganimizda kelmadilar, otam bo‘lganlari uchun ularga yuragimda mexrim bor. Ammo erim ota boqmasa ota xisoblanmaydi deydilar. Ulardan ona uyimga borganda kirib ko‘rib chiqsam maylimi deb so‘rasam “yo‘q” deb ruxsat bermidilar. Onam esa dadangni mazasi yo‘q ekan, eshitdim qizim nima bo‘lsa xam otang bo‘ladi, ko‘rib chiqqin deb iltimos qiladilar. Shuning uchun sizlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldim. Erimni so‘zidan chiqishdan Allohdan qo‘rqaman, kirolmayapman, nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U sizni otangiz. Silai rahm qilish zimmangizga vojib. Eringizga bu javobni o‘qitib qo‘ying. Otani roziligini olmagan qizning dunyo va oxirati go‘zal bo‘lmaydi. Otangizni sizga qilgan ishiga o‘zi albatta javob beradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar