Haj va umraning savobini beradigan amal
Assalomu alaykum! Bir maruzada kim agar bomdod namozidan keyin to tong chiqquncha zikr salovat Qur’on tilovat qilsa umra va hajning savobi beriladi deb eshitdim. Shu xaqida xadis xam bor ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuruq (ishroq) namozi عَنْ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ الْجُهَنِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَعَدَ فِي مُصَلَّاهُ حِينَ يَنْصَرِفُ مِنْ صَلَاةِ الصُّبْحِ حَتَّى يُسَبِّحَ رَكْعَتَيِ الضُّحَى لَا يَقُولُ إِلَّا خَيْرًا، غُفِرَ لَهُ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ أَكْثَرَ مِنْ زَبَدِ الْبَحْرِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ. وَلَفْظُهُ: مَنْ صَلَّى الْغَدَاةَ فِي جَمَاعَةٍ، ثُمَّ قَعَدَ يَذْكُرُ اللهَ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ، ثُمَّ صَلَّى رَكْعَتَيْنِ كَانَتْ لَهُ كَأَجْرِ حَجَّةٍ وَعُمْرَةٍ تَامَّةٍ تَامَّةٍ تَامَّةٍ Muoz ibn Anas al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim bomdod namozini o‘qib bo‘lganidan keyin namoz o‘qigan joyida to choshgoh namozini o‘qiguncha o‘tirsa, faqat yaxshilikdan boshqani gapirmagan bo‘lsa, uning xatolari, agar dengiz ko‘pigidan ko‘p bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi», deganlar»
Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziyning lafzida:
«Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq», deyilgan.
Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namoz «Salotush-shuruq» (Ishroq namozi) deyiladi. «Shuruq» degani esa quyosh chiqishini bildiradi. Shuruq choshgoh namozining eng avvalgi vaqtidagi namozdir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 179 | Namoz