Tahorat o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Men bir tashkilotda ishlaydigan ayolman. Rahbariyatning ruhsati bilan ish joyimda faqat peshin namozini o‘qiyman. Ofisda ishlaganim uchun ayollar paypog‘ini kiyaman. Qish kunlari oyoqni yuvishga qiynalaman. 2qavat paypoq kiyib oyog‘imni yuvmay namoz o‘qisam bo‘ladimi? Ishxonada mahsi kiyish munkin emas. Nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Paypoqqa necha qavat bo‘lsa ham mash tortish mumkin emas. Aynan siz kabi mahsi kiyolmaydiganlar uchun mash tortishga layoqatli mahsi paypoqlar chiqqan. Buni javrob deb nomlanadi. Ustidan tufli, etik kiyishingiz ham mumkin. Mash tortishingiz ham. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 166 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar