Uzrli odam

Assalomu alaykum! Tahorat masalasida bir savol o‘ylantirayotgan edi, bilamizki siydik muammosi bilan kasallangan insonlar har namoz vaqti kirganda yangi tahorat oladilar ammo ba’zi vaqtlarda masalan, asr namozini shomga yaqin o‘qishga to‘g‘ri kelib qoladi, sovuq kunlari qayta tahorat olish qiyin bo‘lsa shu holatda asr namoziga olingan  tahorat bilan shom namozini o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siydik tommasa shomni o‘qish ham mumkin. Asrga tahorat olganidan keyin siydik tomsa u bilan shom o‘qib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar